Mahalliy 22:21, 26.01.2018 12525 Maktabgacha ta’lim vazirligi: Faqat faoliyat ko‘rsatmayotgan bolalar bog‘chalari xususiylashtirilishi mumkin

Mansabdor shaxslar nodavlat bolalar bog‘chalari uchun binolar berishda qonunchilik noto‘g‘ri talqin etilishiga yo‘l qo‘ymoqda. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

 

Xususan, to‘laqonli faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarini xususiylashtirish va tadbirkorlarga berish holatlari uchramoqda.

“Zarur sharoitlar yaratilgan va tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri keladigan bolalar bog‘chalarini xususiy sektor vakillariga nol qiymatida berilishi ta’lim-tarbiya jarayonida uzilishlarga olib keladi va moliyaviy muammolar tug‘diradi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Shu munosabat bilan, faqat yetarlicha moddiy-texnik bazaga ega bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalari xususiylashtirilishi yoki tadbirkorlarga berilishi, bu jarayon vazirlik bilan rasman kelishgandan so‘ng amalga oshirilishi eslatib o‘tildi.

Ўзбек