1 августдан давлат боғчалари очилади. Вазирликнинг ота-оналарга мурожаати.

1 августдан давлат боғчалари очилади. Вазирликнинг ота-оналарга мурожаати.

Hurmatli ota -onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari!

  Maktabgacha ta'lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Koronavirusga qarshi kurash Maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘i, xavfsizligi bo’yicha barcha choralarni ta'minlash va sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya etilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida, “yashil” va “sariq” hududlardagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari (MTT) o‘z faoliyatini 2020-yil 1-avgustdan tiklashini ma'lum qiladi.

  Ushbu jarayon Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga ko‘ra, bosqichma- bosqich amalga oshiriladi.

    Davlat MTT larining Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ilgari e'lon qilingan sana 15- iyundan emas, balki 1-avgustdan ochilayotganligiga sabab, MTT faoliyati tiklanganidan so‘ng uning tarbiyalanuvchilari va xodimlari xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash uchun qator choralarni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga jumladan quyidagilar kiradi:

 -6000 dan ziyod davlat MTT larini kuchdagi “O‘zbekiston Respublikasida MTT lar faoliyatini tashkil etish, ta'minlash va ish tartibi bo‘yicha Sanitariya - gigiyena talablari” SanPiN 0355-18 norma va qoidalariga ko‘ra yuvish, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, shuningdek masofadan ishlovchi pirometrlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash;

 -2020 yil martida MTTlar faoliyati to‘xtatilayotgani bois, oziq-ovqat mahsulotlari buzilib qolishining oldini olish maqsadida barcha omborlar bo‘shatilganligini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish;

 -o‘quv yili boshlanishiga MTT larda ta'mirlash, ular hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, MTT lar faoliyati to‘xtagan davrda, u yerda ishchilar bo‘lmaganligi sababli qoniqarsiz ko‘rinishga kelib qolgan daraxtlarni butash, ekinlarni parvarishlash, o‘yin maydonchalarini tartibga keltirish;

 -MTT lar binosi va hududini dezinfeksiya qilish, sanitariya - epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari bilan hamkorlikda ularning tayyorgarligini ko‘rikdan o‘tkazish;

 -karantin davrida moliyalashtirish to‘xtatilganligini inobatga olgan holda, MTT ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb etish borasidagi ishlarni rejaviy amalga oshirish;

 -MTT larga qaytayotgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun sharoit yaratish;

 -“qizil” hududlarda yashovchi tarbiyalanuvchilarning kelishi va xodimlarning ishga jalb etilishi bilan bog‘liq xatarlarni pasaytirish (aholi va MTT xodimlari uchun noqulayliklar minimal darajada bo‘lishi sharti bilan) borasidagi masalalarni xal qilish.

 Maktabgacha taʼlim vazirligi avvalo bolalar manfaatlari yoʼlida va ular rivojlanishi uchun bexatar muhit yaratish maqsadida harakat qilishini yana bir bor eslatib oʼtadi.

 Аyni damda MTV tomonidan butun Respublika boʼyicha ota-onalar fikri oʼrganilmoqda va shu yoʼl bilan hozirgi epidemiologik holatda bolalarini bogʼchaga yuborishni xohlamayotgan oilalar aniqlanmoqda. Pandemiya sharoitida maʼlum MTT lardagi ota -onalar toʼla tarkibda bolalarini bog’chaga yuborishni istamasalar alohida MTTlarning ushbu ota-onalar aʼzoligidagi Kuzatuv kengashi tomonidan tashkilot faoliyatini tiklashga ehtiyoj yoʼqligi haqida qaror qabul qilinadi.

 Respublika maxsus komissiyasi tomonidan davlat MTTlaridan farqli oʼlaroq, xususiy bogʼchalar faoliyati tiklanishiga joriy yil 15 iyunidan ruxsat berilishi, maʼlum noroziliklarga sabab boʼlganligi hech kimga sir emas. Bunday qaror qabul qilinishida xususiy MTT larda guruhlar soni chegaralanganligi, guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni kam boʼlib, koʼp sonli bolalarning bir yerda toʼplanib qolmasligi, ularda sanitariya-epidemiologik talablar asosida faoliyatni tezkor yoʼlga qoʼya olish imkoniyati kattaligi inobatga olingan.

Ўзбек